


Fatih Sultan Mehmet Universiteti Turkiyaning Istanbul shahri Yevropa qismida joylashgan bo‘lib, 2010-yilda tashkil etilgan VAQF universiteti hisoblanadi. Oliygohda bakalavr, magistratura, doktorantura va ikki yillik kasb-hunar texnikum yo‘nalishlari mavjud. Xorijiy talabalar tomonidan eng ko‘p talab bo'lgan yetakchi universitetlardan biri sanaladi. Universitetda hozirgi kunda 10.000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet ko‘plab Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan ERASMUS+ dasturi doirasida hamkorlik qiladi. Talabalar o‘qishdan tashqari, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda ishlashlari ham mumkin. Universitetda ta’lim olish bilan birga, talabalar vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Universitetning Kampuslari:
Fatih Sultan Mehmet Universitetida jami besh kampusu mavjud. Har bir kampusu turli fakultetlar va ilmiy markazlarga ega:
1. Fatih kampusi – Bu yerda turli ta’lim va tadqiqot markazlari joylashgan. Xususan, TÖMER (xorijiy talabalar uchun turk tili markazi) va SEM (uzluksiz ta’lim markazi) faoliyat yuritadi. Shuningdek, Fatih Sultan Mehmet va Ayasofya tadqiqot markazlari ham shu yerda joylashgan.
2. Haliç kampusi – Bu kampusda Huqoq, Iqtisodiy va Ijtimoiy fanlar hamda Islom ilmlari fakultetlari joylashgan. Shuningdek, Ingliz va Arab tili tayyorgarlik dasturi ham shu yerda o‘qitiladi. ALUTEAM (aluminiy tadqiqot markazi) ham shu kampusda faoliyat olib boradi.
3. Topkapı kampusi – Muhandislik, San’at va Arxitektura hamda Texnikum yo‘nalishlari shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, Talabalar ishlari, Xalqaro aloqalar bo‘limlari ham shu kampusda joylashgan. KURAM (madaniy merosni himoya qilish markazi) va UZEM (masofaviy ta’lim markazi) ham shu yerda faoliyat olib boradi.
4. Üsküdar kampusi – Ta’lim va Ijtimoiy fanlar fakultetlari shu yerda joylashgan. Ta’limda mukammallik markazi ham shu kampusda faoliyat yuritadi.
5. Süleymaniye kampusi – Bu yerda Islom huquqi, Islom san’ati, Yozma asarlar va Fatih Sultan Mehmet hamda Ayasofya tadqiqot markazlari joylashgan. Magistratura ta’lim instituti ham shu kampusda faoliyat yuritadi.
Nega aynan Fatih Sultan Mehmet:Istanbul markazida joylashgan;Tajribali professor o'qituvchilarga ega50% gacha grant yutish imkoniyati mavjud;Zamonaviy laboratoriyalar va texnologiyalarga ega;Erasmus dasturi bo'yicha kent imkoniyatlarga ega;O'zbek talabalari o'qiydigan xususiy universirerlardan biri;Xorijiy talabalar tomonidan eng ko'p tanlanadigan universitetlardan biri;Yevropa standartlariga mos xalqaro diplom beradi

Orzularingizni ro'yobga chiqarish uchun birinchi qadam: Sizning keng qamrovli ariza va qabul bo'yicha qo'llanma
Bakalavr va aspirantura dasturlari uchun talab qilinadigan hujjatlar:
1- O'rta maktab diplomi (turk yoki ingliz tiliga tarjimasi)
2- O'rta maktab transkripti/baho to'g'risidagi guvohnoma
3- Pasport (Turk yoki Ingliz tiliga tarjimasi)
4- Rasm (3,5 x 4,5)
5- Til sertifikati (kerak emas)
6- TOEFL IBT-72 balli yoki ingliz tili dasturlari uchun ekvivalenti. (Majburiy emas)
7- Turk dasturlari uchun B2 darajasida TOMER sertifikati yoki ekvivalenti. (majburiy emas)
Magistratura uchun talab qilinadigan hujjatlar:
1- Bakalavr diplomi va transkript (turk yoki ingliz tiliga tarjimasi)
2- Litsenziyaga qo'shimcha hujjatning tarjimasi
3- Pasport (Turk yoki Ingliz tiliga tarjimasi)
4- Rasm (3,5 x 4,5)
5- Til sertifikati (kerak emas)
6- TOEFL IBT-80 ball yoki ingliz tili dasturlari uchun ekvivalenti. (majburiy emas)
7- Turk dasturlari uchun C1 darajasida TOMER sertifikati yoki ekvivalenti. (majburiy emas)
PhD dasturlari uchun talab qilinadigan hujjatlar:
1- Bakalavr diplomi va transkript (turk yoki ingliz tiliga tarjimasi)
2- Bitiruv diplomi va transkript
3- Pasport (Turk yoki Ingliz tiliga tarjimasi)
4- Rasm (3,5 x 4,5)
5- Til sertifikati (kerak emas)
6- Turk dasturlari uchun C1 darajasida TOMER sertifikati yoki ekvivalenti. (majburiy emas)
Universitetimizdan
Eng chiroyli rasmlar



